"Ijarachi qizlarni kvartiradan haydashmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan video uyushtirilgan bo'lib chiqdi

O'zJOKU video aslida badiiy to’qima, xabarlar esa “fake” ekanligini ta’kidlagan holda ularga ishonmaslikni so'ragan

Videodan Kadr

Videodan Kadr

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti "Ijarachi qizlarni kvartiradan haydashmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan video uyushtirilgan ekanligini ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, talabasi o‘zining “GLOBAL TV” (youtube, instagram, tiktok) sahifalarida ijara uylarning narxi ko‘tarilishi yuzasidan sahnalashtirilgan video yuklagan.

Ushbu videoda uy egasi qizlarni uyidan chiqib ketishi va ularning o‘rniga 600 dollarga ijarachi kutib turganligini aytgan.

Qayd etilishicha, ushbu video lavha bir yarim soatdan keyin tarmoqlardan olib tashlangan. Ammo qisqa vaqt davomida ayrim telegram kanallarida tarqagan ushbu videoga nisbatan o‘zgacha tus berilgan.

Aniqlanishicha, bu video Husniddin Jumaboyev ismli talabaning Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan xolasining uyida olingan bo‘lib, undagi ishtirokchilar o‘zining kursdoshlari.

"Turlicha sarlavhalar bilan noto’g’ri talqinlar ostida tarqalayotgan video aslida badiiy to’qima, xabarlar esa “fake” ekanligini ta’kidlagan holda, aniq manbaalar bilan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so’raymiz", — deyiladi bayonotda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling