O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

Chet davlatlarda qurolli to'qnashuvlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etgan jinoyatchilar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Foto: Kun.uz<br>

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni yana bir bor xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi. Bu boradagi murojaat elchixona saytiga joylashtirilgan.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs xorijiy davlatning fuqaroligiga tegishli deb e’tirof etilmaydi. O‘zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilingan kundan boshlab O‘zbekiston fuqaroligi bekor qilinadi.

Shu munosabat bilan, diplomatik vakolatxona Jinoyat kodeksining 154-moddasiga (yollanish) — xorijiy davlat hududidagi qurolli to‘qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o‘tgan.

Qayd etilishicha, elchixona O‘zbekiston Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etgani to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirgan.

"Elchixona yurtdoshlarimizni da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi", — deyiladi murojaatda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling