Navoiyda kuchli yomg'ir sababli aholi uylarini suv bosdi

Hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻq

Foto: www.fvv.uz<br>

Foto: www.fvv.uz

Navoiy viloyati Nurota tumanida kuzatilgan kuchli yomgʻir oqibatida bir qancha aholi yashash xonadonlarining tomorqalarini suv bosdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 6-noyabr kuni soat 14:25 dan 15:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida Navoiy viloyati Nurota tumanining “Oqmachid” MFY hududida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida hududdagi sel yoʻlidan koʻp miqdorda yomgʻir suvlari kelgan.

Hodisa natijasida tumanning “Nurotabir” qabristoniga oʻtishda qurilgan sel yoʻli koʻprigining bir qismiga zarar yetgan. Maʼlum qilinishicha, qabristonga zarar yetmagan.

Shuningdek, Nurota tumani “Nurfaxr” MFY “Parpiuzoq” massividagi 3 ta aholi yashash uyining tomorqalariga yomgʻir suvi toʻplangan. Hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.

FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari voqea joyiga yetib borgan. Shu bilan birga yuzaga kelgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling