Toshkentning Chilonzor tumanidagi omborxonalardan biri yonib ketdi

Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo'q

Foto: UzReport.news<br>

Foto: UzReport.news

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi omborxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 23-oktyabr kuni soat tahminan 09:08 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 09:16 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 09:22 da bartaraf etilgan.

Xabarga ko'ra, yong‘indan omborxonaning ochiq hududida taxminan 150 kv.m maydondagi mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ma'lum qilinishicha, hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling