Namanganda toʻrtta mashina ishtirokida "avariya" hodisasi sodir bo'ldi

Mazkur hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan

Foto: Namangan YHXB matbuot xizmati<br>

Foto: Namangan YHXB matbuot xizmati

12-oktyabr kuni Namangan shahrida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 14:05 larda Namangan shahri hududidan o‘tuvchi 4R-117 To‘raqo‘rg‘on–Namangan–Chortoq–Keskanyor avtomobil yo‘lining 31-kilometrida yuz bergan.

Maʼlum qilinishicha, Lacetti avtomashinasi qayrilib olish maqsadida to‘xtab turgan vaqtida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Labo, Damas va Tracker avtomashinalari orqasidan kelib urilib, YTH sodir etgan.

Maʼlumotlarga koʻra, mazkur voqea oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, ammo tan jarohati olganlar yo‘q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar