Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirlgi matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyatida “Zil-53” yuk avtomashinasi agʻdarilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirlgi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, voqea 5-dekabr kuni soat taxminan 03:00 larda sodir boʻlgan. Unga kora, Koson tumanidan Samarqand viloyatiga qarab harakatlanib borayotgan “Zil-53” yuk avtomashina haydovchisi noqulay ob-havo taʼsirida boshqaruvni yoʻqotib yoʻl yoqasiga agʻdarilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirlgi matbuot xizmati
Xabarga koʻra, zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar avtomobilga ortilgan mahsulotlarni va maxsus texnika yordamida yuk mashinasini olib chiqishda haydovchiga amaliy yordam koʻrsatgan.