Eron poytaxti Tehronda joylashgan Evin shahridagi eng yirik qamoqxonada kuchli portlash sodir bo'ldi. Portlash oqibatida qamoqxonada yong'in kelib chiqqan. Bu haqda "Mirror" nashri xabar bermoqda.
Xabarga ko'ra, mahalliy aholi kamida to'rtta portlash ovozini eshitgan.
Qayd etilishicha, yong'in qamoqxonaning tikuv bo'limida yuz bergan. Ma'lum qilinishicha hodisa moliyaviy jinoyatlar va o‘g‘irlikda ayblangan bir necha mahkumlar o‘rtasidagi mojaro natijasida sodir bo‘lgan.
Nashrning qayd etishicha, qamoqxona rahbariyatining tezkor harakatlari tufayli yong‘in darhol o‘chirilgan.
Foto: Mirror
Ma'lumotlarga ko'ra, qamoqxonadagi yong'in oqibatida talonchilik bilan ayblangan to'rt mahbus halok bo'lgan, yana 61 kishi jarohatlangan.
Xabarga ko'ra, ushbu hodisa vaqtida hech bir mahbus qamoqxonadan qochib ketmagan.