Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiy Azot" hududida bo'lgani aytilayotgan video tarqaldi.
Videoda mashinada kelgan shaxs ushbu hududda yurgan hech kimga tashlanmayotgan itni bir necha marotaba otib uni o'ldirgani aks etgan. Shuningdek, it yaqinda bolalagan bo'lgan va besh nafar kuchuk bolalari hozirda qarovsiz qolgani aytilmoqda.
Itni aynan kim, nima sababdan otib o'ldirgani haqida ma'lumotlar yo'q.
Hozirda holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berilmagan.
Avvalroq Surxondaryo viloyatida jayra ovlagan shaxslar "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks"ga asosan jarimaga tortilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling