Foto: Videodan lavha
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 14-noyabr, dushanba kuni soat 13:52 da Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani “Temirxoʻja” MFY Temirxoʻja koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimiga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:01 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:05 da qurshab olingan va soat 14:26 da oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida shoxobchaning taxminan 75 kvadrat metr maydonida ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Shuningdek, hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling