Toshkentdagi xususiy korxona omborxonasidan 4 tonna muddati oʻtgan oziq-ovqat mahsulotlari topildi

Yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar oʻrnatilgan tartibda utilizatsiya qilingan

Foto:  Sanitariya epidemiologiya xizmati

Foto:  Sanitariya epidemiologiya xizmati

Toshkent shahar Yangihayot tumanida o'tkazilgan tekshiruvda xususiy korxona omborida muddati o'tgan mahsulotlar borligi aniqlandi. Bu haqda Sanitariya epidemiologiya xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Yangihayot tumani boʻlimi Sanitariya boʻlinmasi xodimlari tomonidan Shokirariq koʻchasida joylashgan “URBAN RETAIL” xususiy korxona omborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari va yaroqlilik muddatlari boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan.

Natijada, omborxonada saqlanayotgan 4 tonna atrofidagi turli xil oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati tugaganligi aniqlangan.

“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunning 17-moddasiga asosan isteʼmoldan olinib, oʻrnatilgan tartibda utilizatsiya qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling