Foto: AOKA
15-dekabr kuni AOKAda Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov Oʻzbekistonda soqol qoʻyishga taqiqlar qoʻyilib, ayrim joylarda reydlar oʻtkazilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Fuqarolarning eʼtiqodiga hech qanday taqiq yoʻq. Oʻtgan yili ”Malika“ savdo markazidagi holatga keladigan boʻlsak. U yerda jinoyat sodir boʻlgandi. Shu sabab u yerdan jinoyatga aloqador boʻlgan shaxslar olib chiqilgan.
Oʻshanda ham munosabat berganmiz, fuqarolarning huquqlari buzilayotgan boʻlsa, albatta ular shikoyat qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda qadar soqolga qarshi reydlar boʻlmagan. Soqolga hech qanday taqiq yoʻq”, - deydi Shohrux Gʻiyosov.
Maʼlumot uchun, 2021-yil ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Malika” savdo markazida soqolli fuqarolarning soqoli majburan olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling