Hasbulla UFC bilan besh yillik shartnoma imzoladi

Hasbik promoushendan katta miqdorda gonorar olishi aytilgan

Foto: Igor Lazorin

Foto: Igor Lazorin

Bloger Hasbulla Magomedov UFC bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda sport jurnalisti  Igor Lazorin xabar berdi.

Qayd etilishicha, shartnomada janglarni arenadan kuzatish, OAV e'tiborida bo'lish ko'zda tutilgan. Janglarda qatnashish yo qatnashmasligi hozircha noma'lum.

Gonorar to'g'risida aniq raqamlar mavjud emas, lekin aytilishicha buncha pulni ba'zi jangchilar ham olmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling