Foto: sky sports
2- oktyabr kuni “Manchester Yunayted” safarda “Manchester Siti”ga 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Qizil iblislar” hujumchisi Krishtianu Ronaldu butun 90 daqiqa davomida zaxira oʻrindigʻida oʻtirdi. Oʻyindan soʻng “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xagdan nima uchun Ronalduning maydonga tushirilmagani haqida soʻrashdi.
Erik ten Xagning soʻzlariga koʻra, u Krishtianu Ronalduning “karyerasini hurmat qilgani uchun” maydonga tushirmagan.
Endilikda “Manchester Yunayted” Yevropa ligasi doirasidagi “Omoniya”ga qarshi safar oʻyiniga tayyorgarlik koʻradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling