Foto: Prezident matbuot kotibi
O'zbekistonda 6 oy ichida 37 nafar tuman va shahar hokimlari bilim va ko‘nikmalari yetishmagani bois almashtirildi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi o’zining telegram kanalida xabar berdi.
4-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tdi.
Qayd etilishicha, ushbu selektor yig’ilishida qobiliyatni aniqlash, o‘qitish, ishini yaxshi yo‘lga qo‘yishga o‘rgatadigan yaxlit tizim bo‘lmagani uchun, ayrim rahbar kadrlar berilgan vazifalarni eplay olmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
Aniqlanishicha, o‘tgan 6 oyda bilim va ko‘nikmalari yetishmagani bois, 37 nafar tuman va shahar hokimlari almashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, mas’ul lavozimlarda o‘tirgan rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivasiya berish yo‘lga qo‘yilmagani ijrodagi oqsoqliklarning asosiy sabablaridan biri bo‘lmoqda.Shu bois, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, so‘nggi 2 yil davomida chuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun tayyorlangan.
Shuningdek, yig‘ilishda ushbu Qonun bilan belgilanayotgan yangi tizimning har bir idora va hudud kesimida qanday ishlashi muhokma qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling