Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Prezident xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Normat Tursunov endi o‘z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan ko‘p yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilishi lozimligini aytdi

Ayni vaqtda Navoiy shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilish davomida Navoiy viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovozga qoʻyish natijalariga koʻra, Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiya yakunida Prezident xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Normat Tursunov endi oʻz faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan koʻp yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilishi lozimligini aytdi.

Yangi hokim bugundan boshlab oʻzining oʻrinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoshlarni birlashtirib, har bir tuman va shaharni, qishloq va mahallani rivojlantirish choralarini koʻrishi lozimligi taʼkidlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling