Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatidagi dalalardan birida mol otib o‘ldirilgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea Uychi tumanida sodir bo‘lgani aniqlangan. Hozirda videotasvirdagi fuqarolar tuman IIBga keltirilib, holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Aybdorlarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling