Foto: APA.AZ
Kemerovadagi noqonuniy qariyalar uyida yongʻin sodir boʻldi. B Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yongʻin maydoni 180 kvadrat metrni tashkil qilgan. Mahalliy OAVlarning maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida 20 kishi halok boʻlgan, olti kishi jabrlangan, ularning ikki nafari ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yongʻinning dastlabki sababi nosoz isitish moslamasi yoki tunda oʻchirilmasdan qolib ketgani tufayli deb taxmin qilinmoqda.
Hozirda Kemerovo viloyati prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling