Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida koʻplab fuqarolar toʻplanganligi aks etgan videolar tarqalib, muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani Qoratosh dahasida yangi doʻkon ochilishi munosabati bilan aksiya eʼlon qilingan.
“Mazkur hududda jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlari jalb qilingan boʻlib, vaziyat nazoratga olingan”, - deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling