Qashqadaryoda sodir bo'lgan YTH bo'yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi — video

Jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, boldir suyagini yopiq sinib siljishi tashxisi bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda yakkabogʻlik avtobloger Maqsud Muzaffarovning avtomobilini boshqargan uning yaqin doʻsti yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan mast fuqaroni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 17-noyabr kuni soat 18:40 larda, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Aygʻirkul mahallasi hududidan oʻtuvchi 4K-347a avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Unga koʻra, harakatlanib ketayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” piyodalar oʻtishi uchun belgilanmagan joydan yoʻlni qatnov qismini kesib oʻtayotgan fuqaroni urib yuborgan.

Maʼlum qilinishicha, jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, boldir suyagini yopiq sinib siljishi tashxisi bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yakkabogʻ tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur jarayon prokuratura tomonidan nazoratga oligan boʻlib, barcha holatlar boʻyicha qonuniylik taʼminlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling