Samarqandda mahbus IIB xodimlari tomonida qiynoqqa solingani rad etildi

Mahbus qoʻlga olinishdan 10 kun oldin oʻz mototsiklidan yiqilgan

Foto: Xabar.uz<br>

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda“Samarqandda mahbus IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa solindi” sarlavhasi ostida turli xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Aniqlik kiritilishicha, qovurgʻasi urib sindirilgani aytilayotgan shaxs 29-sentyabr kuni soat Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 5-son IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-22” tadbirining 2-bosqichi davomida 5.25 gr boʻlgan “geroin” giyoxvandlik moddasi sotgan vaqtida ushlanib, undan 5.25 gr boʻlgan “geroin” giyoxvandlik moddasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati

Mazkur holat yuzasidan 1-oktyabr kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB xuzuridagi TB tomonidan mazkur fuqaro va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati

Tezkor xizmat xodimlari ushbu shaxsni ashayoviy dalillar bilan qoʻlga olgan vaqtida u jarohati borligi maʼlum qilingan. Ayblanuvchi 20-sentyabr kuni Urgut tumanida oʻziga tegishli boʻlgan IJ rusumli mototsiklidan yiqilganligini aytgan. Xodimlar fuqaroni Samarqand shahriga olib kelib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazishgan.

“Shifokor tibbiy maʼlumotnomasi, shuningdek, ayblanuvchining tezkor tadbirda qoʻlga olinishidan 10 kun oldin oʻz mototsiklidan yiqilganligi toʻgʻrisidagi yozgan tushuntirish xati hamda holat boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar mavjud”, — deyiladi IIB xabarida.

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling