Foto: Tez News
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati perinatal markazida bemorlarning yaqinlaridan biri hamshirani kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat IIB mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea 15-noyabr kuni sodir boʻlgan. Hodisa vaqtida hamshira oʻziga kuch ishlatganlarga qarshilik koʻrsatishga harakat qilgan. Ammo ular tibbiyot xodimining yuz qismiga musht tushirgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi”, deyiladi munosabatda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling