Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir nechta erkaklar oʻrtasida janjal sodir boʻlgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 11-noyabr kuni soat taxminan 20-30larda Chiroqchi tumani “Yangi Dam” MFYda sodir boʻlgan. Unga koʻra, ikki nafar fuqaro oʻrtasida tortishuv yuzaga kelgan. Ularni ajratish uchun kelgan fuqaroga mazkur erkaklarning biri hech bir sababsiz oʻtkir tigʻli jism bilan chap biqin sohasiga bir marotaba urib, qasddan ogʻir tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 2-qismi “ye,l” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shuningdek, ayblanvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (uslab turish asoslari) tartibida ushlangan va unga nisbatn Jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz shahar sudining ajrimiga asosan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda Chiroqchi tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling