Pokistonning sobiq bosh vaziri otishma vaqtida yaralandi — video

Sobiq vazir muddatidan oldin saylov oʻtkazish talabi bilan norozilik marshini oʻtkazayotgan vaqtda yaralangan

Foto: Anadolu agentligi<br>

Foto: Anadolu agentligi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon Gujranvala shahridagi siyosiy marsh chogʻida yuz bergan otishmada oyogʻidan yaralandi. Bu haqda Al-Jazire xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea Imron Xon Islomobodda muddatidan oldin saylov oʻtkazish talabi bilan norozilik marshini oʻtkazayotgan vaqtda sodir boʻlgan.

Yuz bergan otishma oqibatida toʻrt kishi, jumladan Xonning “Tehrik-i-Insaf” (Adolat uchun harakat) siyosiy partiyasidan yana bir necha yetakchi ham jarohatlangan. Halok boʻlganlar yoʻq. Imron Xon kasalxonaga yotqizilgan.

Maʼlumot uchun, Imron Xon Pokiston parlamentida ishonchsizlik votumi bilan mamlakat tarixida hokimiyatdan chetlatilgan birinchi bosh vazir boʻldi. Aprel oyida 342 deputatdan 174 nafari uning hukumat rahbari lavozimidan ketishi uchun ovoz bergan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling