Toshkentga olib kelinayotgan iste'molga yaroqsiz go'shtlar to'xtatib qolindi

Mashinada jami 900 kilogrammdan ortiq goʻsht mahsuloti borligi aniqlangan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Sirdaryo Yoʻl-patrul xizmati maskanida Toshkentga olib kelinayotgan isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari toʻxtatib qolindi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi “Sirdaryo” Yoʻl-patrul xizmati maskanida tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilgan. Tadbirlar davomida Qashqadaryo—Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Koson tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Nexia-1 toʻxtatilib, uning yukxonasi tekshirilgan.

Tekshiruv natijalarig koʻra, mashinada jami 900 kilogrammdan ortiq goʻsht mahsuloti borligi aniqlangan.

Shuningdek, Laboratoriya tekshiruvlari davomida ushbu goʻsht mahsulotlarining isteʼmolga yaroqsiz ekani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling