Millionlab tinglovchilarning sevimli yulduzi Selena Gomezning "Mening fikrlarim va men" nomli hujjatli filmining treyleri namoyish qilindi.
Ma'lum bo'lishicha, unda Selena Gomez o'zi duch kelayotgan ruhiy muammolar va qiyinchiliklar haqida ma'lum qilgan.
Ushbu videodan yosh bo'la turib mashhurlikka erishish uning ruhiy salomatligiga qanday ta'sir qilganini anglab olish mumkin. U yoshlik vaqtida ko'plab qilgan qarorlarini hozir noto'g'ri deb hisoblashini ko'rish mumkin.
"Men yoshlik vaqtidan tashvish va ruhiy tushkunlik bilan kurashish qanchalik qo'rqingchli ekanligini bilaman. Agar avvalroq ruhiy muammolarga e'tibor berganimda, hozir yo'lim boshqacha bo'lardi", — deydi Selena Gomez.
Uning qo'shimcha qilishicha, u ilgari ruhiy muammolarga qaramay, ishlashda davom etgan. Keyinchalik u o'ziga e'tibor bera boshlagan va uning yo'li hozirda o'zgargan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling