Kreml Ramzan Qodirovning iste'foga chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Dmitriy Peskovning so'zlariga ko'ra, Ramzan Qodirov hozircha o'z lavozimida qoladi

Foto: Olamsport.com<br>

Foto: Olamsport.com

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hozircha oʻz lavozimida qolishi maʼlum boʻldi. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ramzan Qodirovning isteʼfoga chiqish haqidagi bayonotiga shunday munosabat bildirdi.

"Darhaqiqat, biz bu xabarlarni ko‘rdik, lekin aytaylik, hozircha, agar men to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsam, bu xabarlar hech qanday tarzda materiallashtirilmagan. Hozircha biz uning Checheniston Respublikasini boshqarishda davom etayotganidan kelib chiqamiz”, – deydi Peskov.

Maʼlumot uchun, 3-sentyabr kuni Ramzan Qodirov oʻz lavozimida koʻp vaqt qolib ketgani, shuningdek uzoq taʼtilga munosib ekanini aytgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling