Toshkentda 11 yoshli bolani poyezd vagoni ustida 27 ming kuchlanishli tok urdi — video

Temir yoʻlchilar unga birinchi tez yordamni koʻrsatgach bola Chilonzor tumanidagi 16-sonli shifoxonaga yotqizilgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida 11 yoshli bolani poyezd vagoni ustida yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda Milliy telekanalining “Millar” informatsion dasturi maʼlum qildi.

Unga koʻra, mazkur holat 18-dekabr kuni soat 16:10 da sodir boʻlgan. 11 yoshli bola Nurhayot temir yoʻl bekatidagi yuk vagonlarining ustiga chiqib, tok urishi oqibatida poyezd ustidan yerga yiqilib tushgan.

Qayd etilishcha, bola hodisa natijasida ogʻir tan jarohati olgan. Bola yerga yiqilib tushgach, temir yoʻlchilar unga birinchi tez yordamni koʻrsatgan. Shundan soʻng Chilonzor tumanidagi 16-sonli shifoxonaga yotqizilgan.

“Markazimizga 18-dekabr kuni 11 yoshli oʻsmir olib kelindi. Bemorning ahvoli juda ogʻir edi. Hozirda uning ahvoli yaxshilangan”, — deydi kombustiologiya boʻlimi mudiri Sobir Shukurov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling