Foto: Namangan SSV
Ijtimoiy tarmoqlarda Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tugʻuruq boʻlimidagi palatalardan birida oʻrin-joylar sanitar-epidemiologik talablarga rioya etilmagan holda joylashtirilgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi rasmiy ma'lumot berdi.
Aniqlanishicha, ushbu videotasvirlarda Chortoq tuman tugʻuruq kompleksidagi bir kunlik navbatchilik holati aks etgan boʻlib, voqea joriy yil 27-sentabr kuni kuzatilgan.
Tahlillarga koʻra, shu yilning oʻtgan 9 oyida 50 oʻrinli tuman tugʻuruq boʻlimida 3700 nafardan ortiq homilador ayol farzandli boʻlgan. Muassasada joriy yil sentyabr oyiga qadar kuniga oʻrtacha 13 ta tugʻuruq amalga oshirilgan boʻlib, bu davr oraligʻida shifoxonaning ortiqcha yuklama bilan ishlashi deyarli kuzatilmagan. Biroq sentyabr oyida kunlik tugʻilishlar soni oʻrtacha 20 taga ortib ketgani bois, shifoxonada oʻrin-joy yetishmasligi yuzaga kelgan.
Tibbiyot birlashmasidagi samarasiz ishlayotgan statsionar oʻrinlar hisobidan tugʻuruq boʻlimi uchun qoʻshimcha yana 20 ta, jami 70 ta oʻrin-joy ajratilgan.
Ayni paytda muassasada homilador ayollarga sanitar-epidemiologik talablarga toʻla javob beradigan sharoitda xizmat ko'rsatilayotgani aytilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling