Foto: Xabar.uz
Jizzax viloyati Jizzax shahrida fuqaro singlisi bilan gaplashib yurgan yigitni pichoqlab, oʻldirib qoʻydi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 18-dekabr kuni soat 16:40 da Jizzax shahrida sodir boʻlgan. Unga koʻra, “Obod” mahallasida yashovchi fuqaro “Nega singlim bilan gaplashib yuribsan?”, deya oʻzi bilan olib kelgan oshxona pichogʻi bilan “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvchi yigitning koʻkrak va qorin sohasiga ikki marta pichoq urgan.
Jabrlanuvchi respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialida koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ayblanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling