Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
3-noyabr kuni Chilonzor tumanidagi 16 MVA quvvatli transformatorida avariyaviy oʻchish yuzaga kelgan. Oqibatda tumanning 1,2,4, va 5-mavzelarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan. Mazkur holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, 3-noyabr kuni soat 17:36 da Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 35/6 kV kuchlanishli “Chilonzor” podstansiyasining 16 MVA quvvatli transformatorida avariyaviy oʻchish yuzaga kelgan.
Oqibatda podstansiyasining 2-transformatoridagi yuklamani meʼyorida ushlash uchun Chilonzor tumanining 1,2,4 va 5-mavzelarida elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan.
Maʼlum qilinishicha, vaziyat Energetika vazirligi xodimlari, “Oʻzenergoinspeksiya” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbarlari tomonidan vaziyat nazoratga olingan.
Xabarga koʻra, avariya yuzaga kelishiga yoʻl qoʻygan Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi boʻlim boshligʻi lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, Chilonzor tuman elektr taʼminoti korxonasi boshligʻiga qatʼiy ogohlantirish berilgan.
Hozirda mutaxassislar tomonidan transformatorni sozlash ishlari davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling