Foto: Эффект Макаренко
Nukusda (Qoraqalpogʻiston) oʻqituvchilar sovuqda maktab eshigi oldida navbatchilikda turishga majbur boʻldi. Bu haqda bloger Nikita Makarenko maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 11-maktabda sodir boʻlib, oʻqituvchilarning shikoyatidan soʻng Joʻqorgʻi Kengash raisi oʻrinbosari Rustam Saparboyev vaziyat bilan tanishishga borgan.
Maʼlum qilinishicha, maktab direktori ham navbatchilik boʻlganini tasdiqlab, hozirda u bekor qilinganini bildirgan.
Qoraqalpogʻistonlik oʻqituvchilardan noqonuniy talablarga boʻysunmaslik yana bir bor soʻralgan. Ayni paytda barcha taʼlim tuzilmalari, maktablar bilan birgalikda bunday holatlarning oldini olish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
“Kuni kecha Qoʻngʻirot tumanidagi 31 ta maktabdan shikoyat kelib tushgan. Ishchi guruh hodisa joyiga yetib borgan va majburiy mehnat fakti tasdiqlangan hamda navbatchilik toʻxtatilgan”, — deya xulosa qilgan Makarenko.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling