2023-yildan davlat xaridlari portali yangi shaklda ishga tushiriladi

Vazirning aytishicha, portalning hozirgi shakli oddiy foydalanuvchiga murakkablik qildi

2023-yildan boshlab davlat xaridlari portali yangi shaklda ishga tushiriladi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetovning soʻzlariga tayanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Vazirning soʻzlariga koʻra, portalning hozirgi shakli oddiy foydalanuvchiga murakkablik qildi.

“Moliya vazirligida davlat xaridlarida kuzatilayotgan kamchiliklarni berkitishdan manfaat yoʻq. Buning isboti sifatida davlat xaridlari portali yaratilgan. U yerda hamma maʼlumotlar bor.

Biz bu portalni qayta ishlab chiqdik. Keyingi yil 1-yanvardan portal yangi shaklda ishga tushadi. Buning oʻziga xos tomoni — endi barcha maʼlumotlar tahlili bilan chiqadigan boʻladi. Chunki platformada maʼlumotlar juda ham koʻp.

Ularni tushunish oddiy foydalanuvchi uchun qiyinlik qiladi. Shuning uchun, bu portal takomillashgan holda ishga tushadi”, — deydi Timur Ishmetov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling