Amerika O'zbekistonga 2,8 mln dollarlik harbiy texnika sovg'a qildi

Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiyalar kuchlariga 50 dona "Polaris MRZR" yengil-taktik jangovar avtomashinalarini sovgʻa qilingan

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Amerika Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondonining oʻrinbosari Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga harbiy texnika sovg'a qildi. Bu haqda Amerikaning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiyalar kuchlariga 50 dona "Polaris MRZR" yengil-taktik jangovar avtomashinalari sovgʻa qilingan.

Mudofaa vazirligi Maxsus tezkor qoʻshinlar boshqarmasi boshligʻi maxsus tezkor qoʻshinlar nomidan texnikalarni qabul qilib olgan. Marosimda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugi qoʻmondonligi, Oʻzbekiston, Amerika Markaziy qoʻmondonligi quruqlikdagi qoʻshinlari va Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi vakillari ham ishtirok etgan.

“Uskunalar AQSH Mudofaa vazirligining “Hamkorlar salohiyatini oshirish” dasturi doirasida taqdim etilgan. Avtomobillar 2,8 mln dollarga baholangan va Amerikaning Oʻzbekistonga hadya qilingan mudofaa mahsulotlarining bir qismidir”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling