Putin Ukrainaning ikki viloyatini mustaqil hudud sifatida tan olish haqidagi farmonni imzoladi

Hujjatlar 30-sentyabrga o'tar kechasi e'lon qilingan

Foto: ABC News

Foto: ABC News

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Xerson va Zaporijjya viloyatlarining "mustaqilligi" va "suvereniteti"ni tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi. Hujjatlar 30-sentyabrga o'tar kechasi huquqiy axborot portalida e'lon qilindi.

Hujjatlarda qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ushbu qarorni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga muvofiq, BMT Nizomida mustahkamlangan xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyilini tan olgan va tasdiqlagan holda qabul qilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, 30-sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00 da Putin Kremlda to‘rtta yangi hudud – tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi haqidagi kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling