Toshkentga 119 turdagi dori vositalarini noqonuniy olib kirishga uringan haydovchi ushlandi

Aniqlangan dori vositalari huquq-tartibot xodimlari tomonidan Pop tumani DSI ga topshirilgan

Foto: IIV matbuot xizmati<br>

Foto: IIV matbuot xizmati

Toshkent shahriga 119 turdagi xorijiy dori vositalarining tegishli hujjatlarsiz olib kirishga uringan haydovchi qo'lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa 23-oktyabr kuni soat 13:30 atrofida sodir bo'lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Farg‘ona vodiysidan poytaxtga qarab Qamchiq dovonida harakatlanib ketayotgan "Lada Vesta" mashinasini to'xtatgan.

Tekshiruv davomida ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli haydovchi chet elda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjati bo'lmagan 119 turdagi dori vositalarini olib kirishga uringan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari holat yuzasidan tegishli bayonnoma rasmiylashtirib, haydovchi va aniqlangan dori vositalarini Pop tumani Davlat soliq inspeksiyasiga topshirgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling