Andijonda qalbaki hujjatlar orqali 10 mlrd so'm kredit olgani aytilayotgan shaxs ushlandi

Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Andijon viloyatida soxta hujjat tayyorlab, uning yordamida 10 mlrd soʻm kredit olgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Prokuratura Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar harakatlar oʻtkazilgan. Tekshiruvlar natijasida “Sh” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan fuqaro va boshqalar hududiy tijorat banki filialiga soxta baholash hujjatlarini taqdim etishgan.

Taqdim etilgan qalbaki hujjatlar yordamida ular naslli qora mollarni xarid qilish uchun ajratilgan 10 mlrd soʻm kreditni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling