Foto: TACC
4-oktabr kuni Shimoliy Koreya ballistik raketani uchirdi, u Yaponiya hududi ustidan uchib o'tib, Tinch okeaniga tushdi. Bu haqda "TACC" xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, raketa 4,6 ming km masofani bosib o'tgan. Parvoz balandligi ming kilometrni tashkil qilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, bu Shimoliya Koreyaning yil boshidan beri 23-raketa sinovi hisoblanadi.
Biroq, qayd etilishicha, Yaponiya hukumati shimoliy Xokkaydo va Aomori prefekturalariga raketa qoldiqlari tushishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Raketa uchirilganidan so'ng Yaponiya mamlakatining shimoliy hududlarida havo ogohlantirishi e’lon qilingan. Shuningdek, Yaponiya hukumati Milliy xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qilgan.
Aniqlik kiritilishicha, Tokio Pekindagi diplomatik kanallar orqali Pxenyanga norozilik bildirib, Shimoliy Koreya tomonining bunday harakatlari BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzishi hamda Yaponiya va butun mintaqa xavfsizligiga tahdid solayotganini ta'kidlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling