Bishkekning Pervomaysk tuman sudi 4-oktyabr kuni 13 yoshli qizning zo‘rlanishi ishi bo‘yicha hukm chiqardi.
Xabarga ko'ra, bir muddat oldin Sverdlovsk tuman sudi uch nafar erkakka nisbatan hukm chiqargan. Ulardan ikki nafari sobiq politsiya hodimi bo'lib, har biri 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ayblovga ko'ra, militsiya xodimlari ichki ishlar organlarida ishlagan vaqtida jinoyat sodir etgan. O‘shanda ijtimoiy tarmoqlarda ayblanuvchilar qizni besh oy davomida zo‘rlagani haqida ma’lumotlar tarqagan edi. Ular hibsga olinib, qamoqqa joylashtirilgan, politsiyachilar rahbariyati esa jazoga tortilgan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur jinoyat jamoatchilik orasida katta noroziliklarni yuzaga keltirgan.
Qayd etilishicha, Pervomaysk tuman sudi sudyasi jinoyat ishiga aloqador oxirgi shaxsni aybdor deb topgan va unga nisbatan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlangan. Shuningdek, u umumiy rejimdagi koloniyada jazosini o‘tashi belgilangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling