Raisiy: "Eron O'zbekistonning dengizga chiqishiga yordam berishga tayyor"

Eron rahbari O'zbekiston Tehronda yaratilgan temiryo'l infratuzilmalaridan foydalanishi mumkinligini aytgan

Foto: Anadolu agency

Foto: Anadolu agency

Eron prezidenti Ibrohi Raisiy O‘zbekistonning dengizga chiqishi uchun borada imkon qadar ko‘proq yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u “O‘zA” ga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

“Biz O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk davrdan boshlab Eron temir, avtomobil va dengiz yo‘li tarmog‘i, xususan, Bandar Abbos va Chobahor portlari o‘zbekistonlik tadbirkorlar savdo-iqtisodiy maqsadda foydalanishi, O‘zbekiston va boshqa davlatlar tovarlarini tashishi uchun tayyorligini bildirgandik. Ikki davlat Ashxobod bitimi, Eron, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi uch tomonlama bitim, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hamda ikki tomonlama bitim va kelishuvlar doirasida ayni yo‘nalishdagi hamkorlikning huquqiy, konsullik va bojxona bilan bog‘liq shart-sharoitini yaratishga harakat qildi”, – degan Eron prezidenti.

Shuningdek, Raisiy Tehron qisqa vaqt ichida ko‘plab temiryo‘l infratuzilmasini yaratishni rejalashtirganini, o‘zbek biznes doiralari tashqi savdoda bundan foydalanishi mumkinligini taʼkidlagan. Bunda ayniqsa, Chobahor portiga investitsiya kiritish rag‘batlantirilishi qayd etilgan. Prezident rasmiy Toshkentni Chobahor bitimi va Shimol-janub yo‘lagiga qo‘shilishni taklif qilgan.

O‘z navbatida Raisiy O‘zbekiston temir va avtomobil yo‘llari eronlik tadbirkorlar boshqa davlatlarga chiqishi uchun qulay yo‘nalish ekanini aytib o'tgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling