Husnora Shodiyeva eng katta qo'rquvi va hayotdagi asosiy qoidalari haqida gapirdi

Tahririyat bloger bilan bog'lanib, u uchun nima qiyinligi va mashhurlikdan keyingi o'zgarishlar haqida suhbatlashdi

Husnora Shodiyeva — oʻzbek blogeri, xonanda, aktrisa va teleboshlovchi. U Instagram tarmog'ida shaxsiy blogining boshlanishi bilan mashhurlikka erishgan.

Uning hayotdagi shiori shundaki, bajarilmagan hamma narsa yaxshilikka.

"Mashhurlar hayotining keskin o'zgarishi bilan eng qiyin vaqtlarni boshdan kechiradi. Mashhurlikdan keyin shaxsan men uchun hech narsa o'zgarmadi. Men o'sha eski Husnoraman, lekin orzuyim ushaldi.

Bizning atrofimizdagi insonlar bizning oynamizdir. Menimcha, meni atrofimda eng yaxshi insonlar yig'ilgan. Men ularni yaxshi ko'raman.

Men o'z orzu va maqsadlarimga erishish bilan bandman. Shuningdek, ular qanchalik qo'rqinchli bo'lmasin men har doim ularga intilaman.

Men hech qachon hech qachon demayman.

Mening eng katta qo'rquvim — yaqinlarimni yo'qotish", — deydi xonanda so'zining yakunida.

Ma'lumot o'rnida, Husnora 1993-yil 3-noyabrda tug'ilgan. Uning otasi aktyor onasi esa to'y marosimlari tashkilotchisi. Oilada uch nafar qizlarning to'ng'ichi bo'lib, uning Madina va Zaynab ismli singillari bor. Uning bir nafar farzandi bor va u hozirda o'g'li Salimning tarbiyalash bilan band.

Blog yuritishi va “Sevimli ovoz” realiti-shousidagi ishtiroki tufayli Husnora mahalliy telekanallar tomonidan tez-tez e'tiborga olingan. Shuningdek, ko'plab telekanallar ko'rsatuvlariga boshlovchi sifatida taklif qilingan Uning birinchi televizion ishi My5 kanalidagi "Trendda siz" dasturi bo'lgan.

Muvaffaqiyatli boshlovchilik faoliyatiga qaramay, Husnoraning haqiqiy kasbi xonandalikdir. Bugungi kunga qadar u o'zining bir nechta mualliflik taronalarini chiqarishga muvaffaq bo'lgan. "Eslamayman", "Hammasi yaxshi bo'ladi", "Mama" kabi taronalar shular jumlasidandir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling