Foto: Andijon IIB axborot xizmati
Andijonda IIB xodimlari o'tkazgan tadbir davomida "Nexia 3" rusumli avtomashinadan kuchli ta'sir etuvchi dori vositalari topilgan. Bu haqda Andijon shahar IIB xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, tekshiruv davomida Andijon shahrida yashovchi erkak fuqaro o‘zida shubha uyg‘otgani sababli boshqaruvida bo‘lgan, qora rangli, “Nexia-3” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilgan.
Mashinaning old yo‘lovchi o‘rindig‘i ostida, qora rangli polietilen paketga o‘ralgan, 100 dona “Tropikamid” va 16 dona konvalyutada jami 224 dona “Regapen” dori vositalari borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, avtomashina orqa o‘rindig‘ida jinoyatga sherik ayol fuqaroga tegishli bo‘lgan sumkadan taxminan 3 ming AQSh dollari va 4 mln 750 ming so‘m miqdoridagi pullar borligi aniqlangan.
Hozirda, holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling