Ronaldo Lionel Messining jahon chempioni bo'lishini hohlamasligini aytdi

Ronaldo ham "Real Madrid", ham "Barselona" safida o'ynagan kam sonli futbolchilardan biri

Foto: goal.com

Foto: goal.com

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldo Argentina termasi yulduzi Lionel Messining jahon chempioni bo‘lganini ko‘rishni istamasligini aytdi.

"Real", "Barselona" klublarining sobiq futbolchisi "Yetti karra "Oltin to‘p" sohibining mundial kubogini ko‘targanini ko‘rishni xohlaysizmi?", — degan savoliga shunday javob berdi:

"Agarda u Ispaniya safida chempion bo‘lganida, ehtimol, qarshilik qilmasdim. Biroq Braziliya va Argentina o‘rtasidagi raqobat bunga to‘sqinlik qiladi. Argentinaning jahon chempionatida g‘alaba qozonishini kuzatishga toqat qilolmayman. Messi chempion bo‘lishga loyiq, lekin men terma jamoasi safidagi o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlay olmayman. U buni to‘g‘ri tushunadi deb o‘ylayman".

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar