Foto: theindianweekly.com.au
Toshkent shahridagi tumanlarning birida yashovchi uch nafar erkak va bir ayol spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Bir kishi esa komada qolmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 2022-yilning 8-oktabr kuni poytaxt tumanlarining birida yashovchi 36 yoshli erkak sog‘lig‘idan shikoyat qilib, shifoxonaga yotqizilgan. Va spirtli ichimlikdan zaharlanishi oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Bundan tashqari 9-oktabr kuni aynan shu tumanda yashovchi ikki nafar erkak va bir ayol ham spirtli ichimlikdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan. 44 va 65 yoshli erkak, shuningdek, 56 yoshli ayol spirtli ichimlik iste’mol qilib, sog‘ligi yomonlashgani sabab shifoxonaga olib kelingan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etgan, — deydi manba.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, shifoxonaga kecha, 9-oktabr kuni zaharlanishi sabab olib kelingan 33 yoshli erkak esa ayni paytda komada qolmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling