Oxangaronda ayol o'zi birga yashab kelgan erkakni pichoqlab o'ldirdi

U erkakning ko'krak qismiga pichoq urgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Oxangaronda 28 yoshli ayol 33 yoshli birga yashovchi erkakni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Repost.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 12-oktabr kuni soat 01:30 da sodir bo‘lgan. Avvaliga spirtli ichimlik ichib oʻtirgan erkak va ayol o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Shundan soʻng ayol erkakning ko‘krak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada erkak olgan tan jarohati sababli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling