O'zbekiston va Qirg'iziston pasport nazoratini osonlashtiradi

Tegishli bayonnoma Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi chogʻida imzolanadi

Foto: Sputnik<br>

Foto: Sputnik

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat chegarasini kesib oʻtishda pasport nazoratini osonlashtiradi. Bu haqda “24 kg” xabar bermoqda.

Qirgʻiziston Jogorku Keneshining Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qoʻmitasi yigʻilishida tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aybek Ortiqboyevning soʻzlariga koʻra, har ikki davlat fuqarolari ID kartasini koʻrsatish orqali chegaradan oʻtishlari mumkin boʻladi.

“16 yoshgacha boʻlgan fuqarolar chegarani kesib oʻtishda pasportni taqdim etadilar. Tegishli bayonnoma Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi chogʻida imzolanadi”, — deydi Ortiqboyev.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni Qirgʻizistonga tashrif buyurishi mumkin. Kutilayotgan tashrif doirasida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling