Madaniyat vazirligining sobiq xodimi aktyorni o‘ldirishga uringani uchun 10 yilga qamaldi — video

Hamkasblar o‘rtasida janjal kelib chiqib, voqea pichoqlash bilan tugagan

Foto: AsiaPlus

Foto: AsiaPlus

Hamkasbini pichoqlab qo‘ygan Madaniyat vazirligining sobiq xodimiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Xabar uz xabar berdi.

 Ma'lum bo'lishicha, 8-aprel kuni vazirlik xodimlari iftorlik uchun Olmazor tumani Taxtapul darvoza ko‘chasidagi choyxonada yig‘ilgan. Shu vaqtda Madaniyat vazirligining sport targ‘ibot kasaba uyushmasi raisi lavozimida ishlagan 38 yoshli shaxs va uning hamkasbi aktyor Farhod Badalov o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Fuqaro hamkasbini qasddan o‘ldirish maqsadida oshxonadan pichoq olib chiqqan va chap ko‘krak qafasiga tan jarohati yetkazgan. Atrofdagilar ularni ajratib olishgan. Fuqaro bu vaqtda o‘zini yo‘qotib qo‘ygani, pichoqni qanday olganini ham bilmay qolganini aytgan.

Shundan so‘ng, jarohatlangan boshqarma boshlig‘i Toshkent shahar 7-sonli klinik shifoxonaga olib borilgan. Sud tibbiy ekspertiza uning tanasida og‘ir tan jarohati borligini aniqlagan.

 Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish hatti-harakatlari ifodalangan jinoyatni sodir etgan deb topilgan va 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling