Foto: Innovatsion rivojlantirish vazirligi
2022-yilda doktorantura uchun kvotalar soni 2 baravarga oshirilib, 3 600 taga (PhD – 3 314 ta, DSc – 286 ta) yetkazildi. Bu haqda Innovatsion rivojlantirish vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bunda sunʼiy intellekt, matematika, fizika, kimyo, biologiya va biotexnologiya, energetika va elektrotexnika, geologiya singari ustuvor yoʻnalishlarga alohida eʼtibor berilgan.
Maʼlum qilinishicha, 2019-2021-yillarda jami 5 544 nafar (PhD – 4535 ta, DSc – 1009 ta) tadqiqotchi falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Shuningdek, 2020-2022-yillar davomida ilmiy ishlarni muddatidan oldin himoya qilgan izlanuvchilar 298 nafarni (PhD – 274, DSc – 24) tashkil qilgan. Shu bilan birga doktorantlarga 9 092,2 mln soʻm ragʻbatlantirish mablagʻi ajratilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling