Foto: Boshqirdiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Boshqirdistonning Sterlitamak tumanidagi xonadonlarning birida chiqqan yongʻin oqibatida bir oila besh nafar farzandi bilan halok boʻldi. Bu haqda Boshqirdiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Foto: Boshqirdiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Qayd etilishicha, yongʻin 18-noyabrga oʻtar kechasi Matveyevka qishlogʻidagi ikki xonadonli uyda sodir boʻlgan. Yongʻinni oʻchirish vaqtida qutqaruvchilar bir erkak, bir ayol va besh nafar oʻgʻil bolaning jasadini topdi.
Maʼlumotlarga koʻra, oilada jami yetti nafar farzand boʻlib, ulardan ikki nafari tirik qolgan.
Mahalliy hokimiyatning maʼlum qilishicha, yongʻinda halok boʻlgan koʻp bolali oila ahil yashagan va boqib olingan bolalarni ham tarbiyalagan.
Foto: Boshqirdiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Xabarga koʻra, hozirda voqea joyida 62 kishi va 25 dona texnika ishlamoqda. Yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling