Samarqandda ayol o'zi bilan uch bolasini kanalga tashladi

Hodisa oqibatida ikki nafar farzandi vafot etgan

Foto: Zarnews.uz<br>

Foto: Zarnews.uz

Samarqand viloyati Samarqand tumani ayol oʻzi va uch farzandini kanalga tashladi, oqibatda ikki nafar farzandi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 3-noyabr kuni sodir boʻlgan. Unga koʻra, tumanning “Jarqishloq” mahallasida yashovchi 26 yoshli ayol qaynonasi bilan oʻrtalarida oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan. Yuzaga kelgan janjal oqibatida ayol qaynonasiga “achchiq qilib”, oʻzini va uch nafar farzandini tumanning “Yangiariq” mahallasidan oqib oʻtuvchi Dargʻom kanaliga tashlab yuborgan.

Maʼlum qilinishicha, ular tumanning Yangiariq mahallasida joylashgan “Oq-amur” nomli oshxonada ishlovchi fuqarolar tomonidan suvdan chiqarib olingan.

Biroq, ayolning ikki nafar farzandi vafot etgan. Oʻzi va yana bir farzandi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib davolanish uchun shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarkand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling