Toshkentda yer usti metro bekatlaridan biri vaqtincha yopiladi

Yoʻlovchilar uchun 6 va 7-bekat oraligʻida avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi

Toshkent shahridagi yer usti metro bekatlarining biri deyarli ikki haftaga yopildi. Bu haqda Toshkent metropoliteni DUK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishi 6 va 7-bekatlari oraligʻi yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 7-bekati 21-noyabrdan 6-dekabrga qadar faoliyat koʻrsatmaydi.

Maʼlum qilinishicha, “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati “Doʻstlik-2” bekati bilan 6-bekat oraligʻida tashkil etiladi. Shuningdek, yoʻlovchilar uchun 6 va 7-bekat oraligʻida avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling